Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bo‘ylab yana haroratning keskin ko‘tarilishi kutilyapti

O‘zbekiston bo‘ylab yana haroratning keskin ko‘tarilishi kutilyapti

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati yaqin kunlarda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. 

3-5-iyulda O‘zbekiston hududlari bo‘yicha havo harorati kunduz kunlari 39-41°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 42-44° gacha bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turadi.

6-8-iyulda Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga, issiq ko‘tarilishi kutilmoqda.

Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 5-8° ga yuqori bo‘ladi.

Kunduz kunlari havo 41-43° gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44-46° gacha isiydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring