O‘zbek jurnalistlari Tojikistonda: biz bilgan va bilmagan Dushanbe (fotoreportaj)
Tojikiston jurnalistlari uyushmasi taklifi bilan O‘zbekiston jurnalistlari rasmiy delegatsiyasi 12-17-oktyabr kunlari ushbu mamlakatga safar uyushtirdi.
Besh kun davom etgan safar davomida jurnalistlar Dushanbe, Xo‘jand, Tursunzoda, Norak, Dang‘ara, Panjakent kabi shahar va sanoat hududlarida bo‘lishdi.
Dushanbe — Tojikistonning eng yirik shahri va poytaxti sanaladi. Poytaxtda bir milliondan ziyod aholi yashaydi, shahar 4 ta ma’muriy birlikka bo‘linadi. Bular: Ismoil Somoniy, Firdavsiy, Shohmansur, Sino tumanlaridir.
Dushanbe — zamonaviy va milliy qadriyatlar asosida qurilgan binolarni o‘zida jamlagan shaharlardan sanaladi.
O‘zbekistonlik jurnalistlar ana shunday uslubda qad rostlagan Qohi Navro‘z saroy-majmuasi bilan tanishishdi.
Qohi Navro‘z majmuasi yog‘och o‘ymakorlik san’atining yuksak namunalari bilan bezatilgan. Olti yil davomida qurilgan ushbu saroyda ShHT, MDH va boshqa xalqaro nufuzli tashkilotlar sammitlari bo‘lib o‘tgan.
Eng muhimi, ushbu majmua mahalliy aholi va xorijlik sayyohlar uchun har doim ochiq sanaladi.
Dushanbe shahrining amaldagi meri Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning o‘g‘li Rustam Emomali sanaladi. Rustam Emomali 2017 yil 4 apreldan ushbu lavozimga kirishgan.
Mahalliy aholi vakillariga ko‘ra, Rustam Emomali shahar rahbarligini egallagandan so‘ng, zamonaviy qurilishlar soni ko‘paygan va kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati yaxshilangan.
Tojikiston poytaxti tog‘li hududda joylashgan va Dushanbe aglomeratsiyasi (qariyb 1,5 mln. kishi) markazidir. Shahardagi Rudakiy prospekti daraxtlar va o‘simliklarga boy, xushmanzara hudud sanaladi.
Umuman olganda Dushanbe - anchagina yashil va iqlimi yumshoq shahar. Hududdagi iyul oyidagi o‘rtacha yuqori harorat 35,6 gradusni tashkil qiladi.
Ulug‘bek Oripov tayyorladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter