Oynasini qoraytirish uchun ariza berilgan mashina hujjati qalbakilashtirilgan bo‘lib chiqdi
2019-yil, 29-aprelda Yunusobod tumani ichki ishlar organlariga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 25-aprel kuni Toshkent shahar IIBB YHXBga 21 yoshli Muxiddinjon S. «Lasetti-Jentra» avtomobilini oynalarini qoraytirishga ruxsat olish uchun ariza bilan murojaat qilgan.
Tekshirish davomida YHXB xodimlari hujjatlarga o‘zgartirish kiritilganini aniqlashdi. Muxiddinjon o‘zboshimchalik bilan hujjatlarni o‘zgartirganini tan oldi. Ushbu fakt bo‘yicha unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi asosida («Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish») jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Hurmatli fuqarolar! Yodingizda bo‘lsin: hujjatlarni qalbakilashtirish – ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazoni qo‘llanilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter