Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor Marjonbuloq oltin koni ishchisiga «SOVID-19» tashxisini qo‘yib berdi

Shifokor Marjonbuloq oltin koni ishchisiga «SOVID-19» tashxisini qo‘yib berdi

Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax viloyati G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasi shifokori T.T. ning tashxis ma’lumotnomasini qalbakilashtirganligini aniqladilar.

Ayon bo‘lishicha, shifokor tumanning G‘o‘bdin qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi Navoiy kon-metallurgiya kombinatining janubiy kon boshqarmasiga qarashli Marjonbuloq konida ishlovchi S.T.ga hech qayerda ro‘yxatga olinmagan mehnatga layoqatsizlik varaqalariga «SOVID-19» infeksiyasi bilan kasallanishning o‘rtacha og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan «tibbiy hujjat»ni taqdim etgan.

Tashxisni qalbakilashtirish evaziga shifokor 1 million so‘m «haq» olgan. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring