Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT: O‘tgan 30 yilda dunyo 178 million gektar o‘rmonni yo‘qotdi

BMT: O‘tgan 30 yilda dunyo 178 million gektar o‘rmonni yo‘qotdi

BMT hisob-kitobiga ko‘ra, o‘tgan 30 yil davomida, dunyo o‘rmonlari 178 million gektarga qisqardi.

Tashkilotning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining hisobotiga ko‘ra, eng ko‘p daraxtlar Afrika qit’asida nobud bo‘lgan.

O‘rmonlar Yer yuzining uchdan bir qismini (yoki 4 milliard gektar) tashkil etishiga qaramay, ularning maydoni juda tez qisqarmoqda.

Ba’zi mamlakatlarda o‘rmonlarning qisqarishi sababli darzaxtlarni kesish darajasi 1990-yildan 2020-yilgacha sezilarli darajada kamaygan, deyiladi tadqiqotda.

Afrikada 2010-2020-yillarda yillik o‘rmon yo‘qotish darajasi 3,9 million gektarni tashkil etdi.

Barcha o‘rmonlarning yarmidan ko‘pi (54%) Rossiya, Braziliya, Kanada, AQSh va Xitoyda joylashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring