Ortiqxo‘jayev bir qator rahbarlarni ishdan oldi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bugun, 24 noyabr kuni Uchtepa tumani hokimligida yig‘ilish o‘tkazgan.
Qayd etilishicha, hokim ba’zi mas’ullarning o‘z vazifasiga loqayd, mas’uliyatsizlik, yuzaki yondashish holatlari hamon mavjud ekanligini keskin tanqid qilgan.
Xususan, bunday holatlar maktablar, jumladan, sinflardagi davomat, ta’lim sifati, bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirishidagi past ko‘rsatkichlar, shuningdek, maktabgacha ta’lim, qurilish, mahallalardagi tozalik, kichik korxonalardagi ish sharoitining talabga javob bermasligi, ko‘chat ekish jarayonidagi yuzakichilik, chiqindilarni vaqtida olib chiqib ketilmasligigida aks etgan.
Ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun tuman hokimining o‘rinbosarlari N. Ismatov, L. Almanov, maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i N. Xanto‘rayeva, xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i O‘. Qurbonov hamda turizm va sport bo‘limi boshlig‘i B. Nasibaliyev lavozimidan ozod etilgan. Tuman hokimi F. Abdullayevga hayfsan berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter