Oiladagi qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida o‘quv kurslari tashkil etiladi

Shu yilning 26-martida Oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, ajrashishlarning oldini olish hamda oiladagi ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Maxsus o‘quv kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun soatbay haq to‘lash sharti bilan yetakchi ta’lim, tadqiqot va ilmiy muassasalarning xodimlari, shuningdek amaliyotchi mutaxassislar jalb etiladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirishning tasdiqlangan rejasiga kiritilgan va maxsus o‘quv kurslariga o‘qishga yo‘llangan tinglovchilarning asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi o‘qish davrida saqlanib qoladi.
Malaka oshirish uchun maxsus o‘quv kurslariga yuborilgan boshqa shaharlik tinglovchilarga to‘lanadigan sutkalik pul va ta’lim olish joyiga bir marta borib kelish bo‘yicha sarflangan xarajatlar ularni yuborayotgan tomon hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Maxsus o‘quv kurslari tashkil etish uchun Qorakalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tibbiyot kasb-hunar kollejlaridan ijara to‘lovining “nul” qiymati bo‘yicha, tegishli kommunal va foydalanish xarajatlarini qoplash shartisiz o‘quv xonalari ajratib beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter