Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltiariqlik 75 yoshli fuqaro «ko‘knor» yetishtirayotgani aniqlandi

Oltiariqlik 75 yoshli fuqaro «ko‘knor» yetishtirayotgani aniqlandi

Foto: IIV matbuot xizmati

2019 yil 15 may kuni o‘tkazilgan «Qoradori-2019» keng qamrovli tadbiri davomida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida 75 yoshli fuqaro «ko‘knor» yetishtirilayotgani va saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

Oltiariq tumanida yashovchi 75 yoshli Q.Q. uyi tomorqasida 340 tup «ko‘knor» giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlangan hamda omborxonasidan 4 kg. 772 gr. «ko‘knor» giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring