Oliy suddagi kadrlar almashinuviga rasmiy izoh bildirildi
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Oliy suddagi kadrlar almashinuviga doir xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
«Shu mavzuga doir xabarlar turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Oliy sudda turli boshqarma va bo‘limlarda har xil lavozimlarda (sudyalar emas) ishlagan 11 nafar xodim sudya bo‘lish istagida imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, Sudyalar oliy maktabiga o‘qishga qabul qilindi», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, nafaqa yoshidagi 7 nafar xodim (4 nafari Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasidan, 3 nafari esa boshqa boshqarma va bo‘limlardan) o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan. Shu munosabat bilan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Ma’lumot uchun eslatilishicha, sudyalarni saylash (tayinlash) va ularning vakolatini tugatish masalasi Oliy sud vakolatiga kirmaydi.
Hozirda mavjud bo‘sh (vakant) ish o‘rinlarini yosh va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilayotganligi ma’lum qilinadi, deyiladi munosabatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter