Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar kelajakda Yer yuzida yuz berishi mumkin bo‘lgan falokatni aniqladilar

Olimlar kelajakda Yer yuzida yuz berishi mumkin bo‘lgan falokatni aniqladilar

Foto: «Global Look Press/Keystone Press Agency/NASA»

Yaponiyaning Toxo universitetidan Kazumi Ozaki hamda Amerikaning Jorjiya Texnologiya institutidan Kristofer Reynxardt Yer atmosferasida kislorod butunlay yo‘qolishini aniqladilar. Bu haqda 2-mart kuni «Nature Geoscience» xabar berdi.

Tadqiqotchilar geologik, biologik va iqlim omillarini hisobga olgan holda sayyora atmosferasi evolyusiyasini modellashtirishdi. Tajriba davomida ular Yer atmosferasi yana milliard yil davomida barqaror bo‘lishini aniqladilar.

Biroq, ularning fikricha, belgilangan muddatdan so‘ng Quyosh faolligining keskin oshishi natijasida sayyorada kislorod deyarli qolmaydi. Bu esa karbonat angidrid gazining pasayishiga va fotosintez jarayoni buzilishiga olib keladi.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, biosfera odatiy muhitdagi o‘zgarishlarga tezda moslasholmaydi, shuning uchun oddiy anaerob mikroblar yana evolyusiya bosqichiga tushib qoladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring