Obodonlashtirish xodimlari hokimlik binosi oldida yig‘ilganiga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ish haqi kechikayotganidan shikoyat qilib, hokimlik yoniga yig‘ilgani tasvirlangan video tarqaldi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati voqea bo‘yicha izoh berdi.
Qayd etilishicha, Chilonzor tumani hokimi Shavkat Mavlonov mazkur masala yuzasidan xodimlar bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazgan va dekabr oyining avans maoshlari ishchilarga kechiktirilgani ma’lum bo‘lgan.
Moliya vazirligining buyruqlariga ko‘ra, 1-toifali oylik ish haqi to‘lovlari oyning 20-kuniga qadar to‘lanishi mumkin.
Hokimning obodonlashtirish xodimlari bilan muloqoti jarayonida viloyat moliya boshqarmasi xodimlari tomonidan mablag‘lar «Ipoteka bank» Chilonzor filialiga, bank tomonidan esa soat 12.00da xodimlarning plastik kartochkalariga o‘tkazib berilgan.
Shavkat Mavlonov viloyat hokimliklarida tashkil etilgan fuqarolar qabuliga dushanbadan jumagacha (soat 17.00 dan kechiktirmay) mehnat faoliyati bilan bog‘liq har qanday masalalar yuzasidan barcha xodimlar murojaat qilishlari mumkinligini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter