Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurobod tumaniga hokim tayinlandi

Nurobod tumaniga hokim tayinlandi

Nurobod tumani hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Yuldashev Sherali Mamaraimovich nomzodi Nurobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sherali Mamaraimovich Yuldashev 1971 yilda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring