Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tog‘li qishloqdagi mo’jiza. Oqsoyda IT Village ochildi (video)

«ICTWEEK Uzbekistan 2022» AKT haftaligining yakunlovchi kunida AKT vazirligi tomonidan «Yagona integrator – UZINFOCOM» bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan loyiha – IT Village majmuasi ochildi.

Nurobod tumani, Oqsoy qishlog‘idagi majmua ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.

Go‘zal manzarali va toza havoga ega tog‘ yonbag‘irlarida joylashgan ushbu IT qishlog‘i respublikaning chekka hududlarida «ayti» infratuzilmasini tashkil etish, yaqin hududlardagi bolalarni ilg‘or IT-texnologiyalar bilan qiziqtirish va o‘qitish imkonini beradi.

Shuningdek, xalqaro va mahalliy IT forumlar, dasturchilar uchun Xakatonlar va boshqa turli xil «ayti» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish, AKT sohasidagi yangi yo‘nalish – IT turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyat hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring