Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Nurobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati

Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Berdiqulov Sirojiddin Valiqulovich nomzodi Nurobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sirojiddin Valiqulovich Berdiqulov 1979-yilda Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tug‘ilgan.

Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring