Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi notarius xizmatlari uchun mobil telefon orqali pul to‘lash mumkin

Endi notarius xizmatlari uchun mobil telefon orqali pul to‘lash mumkin

Foto: «Norma.uz»

Notariuslar faoliyatiga e’tirozlar, fuqarolardan belgilanganidan ortiqcha pul mablag‘lari talab qilinayotgani haqidagi murojaatlardan kelib chiqib, Adliya vazirligi bugun, 1-fevraldan boshlab notarial harakatlarni amalga oshirish uchun davlat boji va boshqa to‘lovlarni elektron tarzda amalga oshirish mexanizmini joriy etdi.

Vazirlikning «Huquqiy axborot» kanalining xabariga ko‘ra, endilikda fuqarolar notarial harakatlarni amalga oshirish maqsadida notarial idoralarga murojaat etganda davlat boji va boshqa to‘lovlarni mobil telefonlar imkoniyatidan foydalangan holda to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishi mumkin. Bu jarayonda QR kodlardan foydalanish imkoniyati ham mavjud.

Shuningdek, notarial harakatlar uchun qancha boj to‘lanishi kompyuter tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi, to‘lov kvitansiyalari alohida yozilmaydi, fuqarolarga qulay va tushunarli bo‘lishi uchun yagona andozada to‘lov kvitansiyasi joriy qilinadi.

Bundan tashqari, to‘lovlar bank kassalari yoki mobil telefonlar orqali amalga oshirilishidan qat’i nazar, bu haqdagi ma’lumot «Notarius» axborot tizimida onlayn tarzda aks etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring