Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nonushta qilmaslikning organizm uchun yangi xavfi aniqlandi

Nonushta qilmaslikning organizm uchun yangi xavfi aniqlandi

Amerikalik olimlar muntazam ravishda nonushta qilmaslik immunitetni pasaytiradi degan xulosaga kelishdi.

Tadqiqot Immunity jurnalida chop etilgan.

Tadqiqot davomida sichqonlarning bir guruhi yaxshi oziqlantirilgan, ikkinchisiga esa faqat suv berilgan.

Natijada, qon tekshiruvi shuni ko‘rsatdiki, kemiruvchilarda oziq-ovqat iste’mol qilmaslik sabab xavfli o‘smalar va patogenlarga qarshi kurashda muhim rol o‘ynaydigan monotsitlar, yirik qon hujayralari soni kamaygan.

Nonushtadan atigi to‘rt soat o‘tgach, monotsitlarning 90 foizi qon oqimidan g‘oyib bo‘ldi va sakkiz soatdan keyin ular deyarli yo‘qoldi. Bir kun o‘tgach, och sichqonlarga ovqat berildi va monotsitlar qon oqimiga qayta boshladi.

Ammo qon hujayralari sonining keskin ko‘payishi tufayli kemiruvchilarda kuchli yallig‘lanish belgilari paydo bo‘lgan, bu esa organizmning yuqumli kasalliklarga chidamliligini zaiflashtiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring