Navbatda turgan odamlar orasidan ko‘proq kimga qiyin?
Olimlar supermarketda navbatda turgan insonlarni kuzatish orqali xaridorlar shuuriy ong ta’sirida navbatlarda eng oxirgi bo‘lib qolmaslik maqsadida o‘z vaqtlarini noratsional yoki befoyda ketkazib, u-bu xarid uchun yurishlarini aniqlashdi.
Harvard olimlarining o‘tkazgan tajribalariga ko‘ra, ular ko‘ngillilarga virtual elektron navbatda turishi uchun bir daqiqalik testdan o‘tishni so‘rashdi. Shu bilan birga, ular boshqa «navbat»ga o‘tish imkoniga ham ega bo‘lishdi. Unga ko‘ra, navbatning oxirida turgan odamlar odatda navbat chizig‘ini o‘zgartirishgan. Navbatning boshqa qismlarida turgan odamlar esa joylarini almashtirmay, o‘z o‘rinlarida qolishgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, buning oqibatida ular 10 foizdan ko‘proq vaqtlarini navbatda o‘tkazishgan. Navbatning oxirida turgan kishilarda esa psixologik noqulaylik tug‘iladi va shu bois, ular o‘z o‘rinlarini o‘zgartirishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter