Toshkent supermarketlarida kartoshka qimmatlashdi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning iyun oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.
Monitoring natijalari 16 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi. Narxlarning eng yuqori pasayishi karam (-59,4 foiz), pomidor (-51,7 foiz) va bodring (-51,7 foiz) mahsulotlarida qayd etildi.
2 nomdagi mahsulotning eng past narxi o‘zgarishsiz qolgan. Bular: tovuq go‘shti (file) va sut.
3 nomdagi mahsulot narxi oshgan. Narxining oshishi bo‘yicha kartoshka yetakchi bo‘ldi. Kartoshka narxining qisqa muddatli o‘sishi vaqtinchalik bozor omillari, talab va taklifning o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Tahlil 2-may va 13-iyun kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter