Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan aeroportida uchib kelish terminali ochildi

Namangan aeroportida uchib kelish terminali ochildi

1 sentyabr kuni rekonstruksiyadan so‘ng Namangan shahrida xalqaro aeroportning uchib kelish terminali ochildi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Yangilangan terminal Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Yekaterinburgdan HY9830 reysining dastlabki 171 nafar yo‘lovchisini va Toshkentdan Silk Avia US501 reysining 63 nafar yo‘lovchisini qabul qildi.

Uchib kelish zalida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning umumiy maydoni 720 kv.m dan 1756 kv.m gacha oshdi. Shundan 1365 kv.m. — xalqaro reyslar yo‘lovchilariga va 391 kv.m. — ichki reyslarga xizmat ko‘rsatish uchun. Shu tariqa, terminalning o‘tkazish qobiliyati 3 baravarga oshdi: 100 dan eng tig‘iz vaqtda 300 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi.

Rekonstruksiya doirasida uchib kelish terminaliga yangi bagaj lentalari, chegara nazorati kabinalari, tejamkor suv isitkichlari, sovitish tizimlari va yerosti isitish radiatorlari o‘rnatildi.

Aeroport terminali ustiga energiya tejovchi quyosh panellari o‘rnatildi, ular terminalning umumiy ehtiyojining 30 foizigacha elektr energiyasini ta’minlaydi. Bundan tashqari, 100 ta to‘xtash joyiga mo‘ljallangan yangi avtomatlashtirilgan avtoturargoh ochildi.

Terminalni mahalliy materiallardan keng foydalanilgan holda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha xalqaro standartlarga javob beradigan barcha shart-sharoitlarni yaratadigan qilib qurdik, — deydi Namangan xalqaro aeroporti direktori Qobiljon Abdunazarov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring