Muftiyga ilmiy daraja berildi
Bugun, 4 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarovga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy kengashi tomonidan «Faxriy doktor» ilmiy darajasi berilgan.
Bunda muftiyning islom dini ma’rifatini keng yoyish, yoshlarni ruhiy barkamol etib tarbiyalash va ilmiy-ijodiy faoliyatlari hisobga olingani aytilgan.
Ilmiy kengash yig‘ilishini O‘zbekiston prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ochib bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter