Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muftiy Nuriddin Holiqnazarov Andijon viloyatida bo‘ldi

Muftiy Nuriddin Holiqnazarov Andijon viloyatida bo‘ldi

Foto: Andijon viloyati hokimligi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Holiqnazarov ayni kunlarda Andijon viloyatida bo‘lib turibdi.

Safarning dastlabki kunida muftiy hazratlari Bo‘ston tumanidagi  markaziy jome masjidda Juma namozini ado etdi.

Asaka tumanida esa hatmi Qur’on va taroveh namozida qatnashdi.

Shuningdek, muftiy Nuriddin Holiqnazarov viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bilan muloqotda bo‘lib, o‘zaro fikr almashgan.

Bugun, shanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Andijon shahridagi «Bosh» jome masjidida hatmi Qur’on va taroveh namozini jamoat bilan ado etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring