Mudofaa vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
![Mudofaa vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/2/7/720_460_95_2755565406.jpg)
Prezidentning tegishli farmoni bilan polkovnik Shuxrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berildi. Shuningdek, Sh. Xolmuhammedov O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Tayinlovga qadar Shuxrat Xolmuhammedov mudofaa vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2016 yilda «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan polkovnik Shavkat Xusanbayevich Mamajonov Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter