Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskva qamoqxonasidagi o‘zbekistonlik talaba ochlik holatini to‘xtatsa, tibbiy bo‘limga joylashtiriladi

Moskva qamoqxonasidagi o‘zbekistonlik talaba ochlik holatini to‘xtatsa, tibbiy bo‘limga joylashtiriladi

Ma’rufjon Shakarov.

2018-yilning 18-iyul kuni O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi xodimi O‘zbekiston fuqarosi Ma’rufjon Shakarovga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Moskva shahridagi Jazoni ijro etish federal xizmatining 1-tergov izolyatoriga (SIZO-1) tashrif buyurdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti axborot berdi.

Uchrashuv chog‘ida M.Shakarov sog‘lig‘idan shikoyat qilmadi. Har kuni SIZO rahbariyati u bilan suhbat o‘tkazmoqda, vrach tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Tez tibbiy yordam ko‘rsatishni talab qiluvchi holatlar mavjud emas.

SIZO-1 rahbariyati bergan izohga ko‘ra, agar M.Shakarov ochlik holatini to‘xtatsa, sog‘lig‘ini tiklashi uchun tibbiy bo‘limga joylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Ma’rufjon Shakarov Moskva shahar Preobrajenskiy tuman sudining 2017-yil 13-dekabridagi hukmi bilan, katta miqdorda giyohvandlik moddalarini o‘tkazish (sotish)ni ko‘zlab saqlaganlikda aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Moskva shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha Sud hay’atining 2018-yil 14-iyundagi apellyasiya ajrimiga ko‘ra, Shakarovning qilmishida «keyinchalik o‘tkazish (masalan, sotish) maqsadi bo‘lmaganligi» uchun jinoyat ishi qayta malakalanib, 2017-yil 13-dekabrda berilgan 10 yillik jazo 5 yilga qisqartirilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring