Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik talaba o‘limidan so‘ng universitet prorektori hibsga olindi

O‘zbekistonlik talaba o‘limidan so‘ng universitet prorektori hibsga olindi

Foto: «RIA Novosti»

Sankt-Peterburgda Tergov qo‘mitasi xodimlari tomonidan Davlat kimyo-farmatsevtika universiteti prorektori hibsga olindi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qildi.

Qayd etilishicha, ushbu tadbir o‘quv binosi tomidagi muz bo‘lagi qulab tushishi oqibatida halok bo‘lgan talaba ishi yuzasidan o‘tkazilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bino tomini qor va muz bo‘laklaridan tozalash ishlari bilan «Ventformat» kompaniyasi shug‘ullanganini aniqlashgan. Tashkilot xodimlari o‘z vazifalari vijdonan bajarishmagan, oliygoh prorektori esa ish jarayonini nazorat qilmagan.

Bundan tashqari, oliygoh prorektori  kompaniya xodimlaridan tozalash ishlarini amalga oshirishlari uchun 50 ming rubldan kam bo‘lmagan miqdorda pora olib, shartnoma tuzganligi aniqlangan. Prorektorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sankt-Peterburgda universitet binosi ustidan muz bo‘lagi tushishi oqibatida 23 yoshli o‘zbekistonlik talaba halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring