Moskva qamoqxonasidagi o‘zbekistonlik talaba ochlik holatini to‘xtatsa, tibbiy bo‘limga joylashtiriladi
2018-yilning 18-iyul kuni O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi xodimi O‘zbekiston fuqarosi Ma’rufjon Shakarovga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Moskva shahridagi Jazoni ijro etish federal xizmatining 1-tergov izolyatoriga (SIZO-1) tashrif buyurdi.