Milliy mass-mediani rivojlantirish fondiga yangi direktor tayinlandi
Aleksandra Kolesnichenko Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib tayinlandi.
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar u Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot sohasini rivojlantirishni monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avval bu o‘rinda ishlagan Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zA direktori o‘rinbosari lavozimini egallagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter