Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy mass-media fondi direktori o‘zgardi

Milliy mass-media fondi direktori o‘zgardi

Foto: «Xabar.uz»

Akbar Rizayev Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib tayinlandi. U ushbu lavozimda 2021-yil 11-fevraldan ish boshladi.

Avvalroq u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ma’muriyati huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Axborot-tahliliy ta’minoti bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar avval Xushnudbek Xudoyberdiyev, so‘ng Aleksandra Kolesnichenko Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori sifatida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring