Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiya xizmatchisining mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilandi

Milliy gvardiya xizmatchisining mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilandi

Foto: Xabar.uz

Hukumat qarori (470-son, 28.07.2021 y.) bilan Milliy gvardiya xarbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, Milliy gvardiya xarbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni harbiy xizmatchining xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida yetkazilgan taqdirdagina qoplanadi.

Zarar o‘rnini qoplash masalasini ko‘rib chiqish uchun Milliy gvardiya organlarida komissiyalar tuziladi.

Shunga ko‘ra, xarbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlari zarar o‘rnini qoplash uchun Milliy gvardiya organlari rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qiladi.

Zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi masala 10 kun ichida, qo‘shimcha hujjatlarni o‘rganish talab etilganda esa 20 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

Komissiya qarori 3 kun muddatda manfaatdor shaxslarga – xarbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkaziladi.

Komissiya qarori qabul qilingach, Milliy gvardiya organlari tomonidan 10 kun muddatda manfaatdor shaxslarga – xarbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkazilgan zarar qoplab beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring