Milliy gvardiya tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Milliy gvardiya tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Jumladan, Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Davlat organlari ob’yektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Yo‘ldoshev Erkin Zokirovich boshqarmaning Kinologiya markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ining kadrlar va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Mirzabekov Mansurbek Mamurbekovich Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Qo‘riqlash boshqarmasi harbiylashtirilgan soqchilar va qorovullik bo‘linmalari ob’yektlarini qo‘riqlanishini tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i mayor Shukurov Dostonboy Rustamovich Davlat organlari ob’yektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, Kadrlar boshqarmasi jamlash va hisobga olish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi mayor Azimov Otabek Damirovich Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ining kadrlar va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tumani qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Jo‘rayev Nodir Ahmadjonovich Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ining kadrlar va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter