Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIBning Surxondaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

MIBning Surxondaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrug‘i bilan Jumanazar Yavbasarovich Jumaniyazov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J.Jumaniyazov 1981 yil Xorazm viloyatida tug‘ilgan.

U ish faoliyatini 2004 yilda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangibozor tuman bo‘limi surishtiruvchisi vazifasida boshlab, departamentning Toshkent shahar, Xorazm hamda Toshkent viloyatlari boshqarmalarida inspektor, katta inspektor va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarda ishlagan.

So‘ngra, 2017 yilda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyat Ohangaron tuman bo‘limi boshlig‘i, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Mazkur tayinlovga qadar J.Jumaniyazov Byuroning Toshkent viloyat boshqarmasida shaxsiy xavfsizlik sho‘’basi katta inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring