MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrug‘i bilan Xalmuratov Azamat Payzilovich Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
A.Xalmuratov 1980 yil Termiz tumanida tug‘ilgan. U ish faoliyatini 1997 yilda Surxondaryo viloyat prokuraturasi noziri bo‘lib boshlagan va viloyat prokuraturasida turli lavozimlarda ishlagan.
So‘ngra, 2017 yilda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Termiz tuman bo‘limi surishtiruvchisi, bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida o‘z ishini davom ettirib, 2018-2019 yillarda Byuroning Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari hamda 2020-2021 yillarda Byuroning Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Mazkur tayinlovga qadar, A.Xalmuratov Byuroning viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Boshqarmaning sobiq boshlig‘i J.Jumaniyozov hozirda MIB Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter