Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekenergo» AJ «O‘zsanoatqurilishbank»ga 10 mln. dollar to‘lashga majbur bo‘ldi

«O‘zbekenergo» AJ «O‘zsanoatqurilishbank»ga 10 mln. dollar to‘lashga majbur bo‘ldi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ijro ishi yurituvida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2018 yil 14 dekabrdagi 4-1001-18-14/2519-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdorlar «O‘zbekenergo» AJdan undiruvchi ATB «O‘zsanoatqurilishbank» foydasiga jami 10 205 519 AQSh dollari undirish to‘g‘risidagi 2019 yil 17 yanvarda kelib tushgan 1327/23-sonli ijro hujjati mavjud. Bu haqda «Xabar.uz»ga MIB matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasiga asosan 2019 yilning 17 yanvar kuni ijro ishi yurituvini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.

Qarzdor tashkilotga mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun ixtiyoriy 10 kunlik muddat berilgan, biroq qarzdor tomonidan ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablar bajarilmagan.

Natijada majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor «O‘zbekenergo» AJning qarzdorning so‘mdagi pul mablag‘lariga qaratish xaqida 2019 yilning 6 fevralida qaror qabul qilinib ijro qilishlik uchun  tegishli bank filialiga yuborilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida joriy yilning 26 aprel kuni qarzdor «O‘zbekenergo» AJning jami 10 088 909, 54 AQSh dollari (85 251 965 500 so‘m) undirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring