Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metroda yuzaga kelayotgan nosozlik sabablaridan biri aytildi

Metroda yuzaga kelayotgan nosozlik sabablaridan biri aytildi

Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev.

Foto:«Xabar.uz»

Bugun, 7-may kuni Transport vazirligi va «Toshkent metropoliteni» UK tashabbusi bilan press-tur tashkil etildi.

Tadbirda vazirlik va metropoliten rasmiylari, jurnalistlar qatnashdi. 

Ma’lumki, so‘nggi oyda metroda bir qancha nosozliklar ro‘y berdi. Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning Xabar.uz muxbiriga aytishicha, buning sabablaridan biri yangi liniyalar ishga tushirilishi sabab qatnov va yo‘lovchilar sonining ko‘payishidir. 

«Mana Yunusobod va Sergeli yo‘nalishlari ishga tushdi. Shaharning deyarli barcha burchaklaridan metro orqali markazga keladigan sharoit yaratilmoqda. Yo‘lovchilar oqimining ko‘payishi natijasida Chilonzor liniyasiga og‘irlik tushmoqda. Yo‘nalishlar ko‘paymasidan avval kunlik ko‘rsatkichimiz 180 ming nafardan ziyod edi. Hozir esa 320-330 mingga chiqdik. Bu ham sabablardan biri. Avval ellik kishi bo‘lgan poyezd endi yuz kishini olib yurmoqda»,— deydi Anvar Jo‘rayev. 

Shuningdek, Toshkentda ilk bor transport kartasi beradigan bankomat o‘rnatildi. Ushbu qurilma orqali yo‘lovchilar kartaga ega bo‘lishlari mumkin. Yaqin vaqtlar ichida bunday bankomatlar gavjum bekatlarda ham o‘rnatilishi ma’lum qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan aprel oyining o‘zida metroda qator nosozliklar kuzatildi: dastlab Sergeli yo‘nalishida poyezd yurmay qoldi, so‘ngra harakat vaqtida metro eshigi yopilmay qolganiga guvoh bo‘ldik, 28 aprel kuni esa «Mustaqillik» va «Paxtakor» metro bekatlari oralig‘ida qatnov to‘xtab, yo‘lovchilar piyoda harakatlanishga majbur bo‘lishdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring