Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Metanga ketib»: O‘zbekiston bo‘ylab «zapravka»larda turnaqator navbatlar hosil bo‘lmoqda (foto)

«Metanga ketib»: O‘zbekiston bo‘ylab «zapravka»larda turnaqator navbatlar hosil bo‘lmoqda (foto)

Qish kelishi bilan tabiiy gaz bosimining pasayishi, elektrning tez-tez «g‘oyib bo‘lishi» boshlanadi. Ayniqsa, chekka qishloqda sutkada 3-4 soatgina elektr energiyasi berilayotgani ham bor gap. 

Shu asnoda mamlakat bo‘ylab avtomobillarga yoqilg‘i quyish shohobchalarida ham turnaqator navbatlar hosil bo‘lmoqda. 

«Xabar.uz» o‘quvchilarining Farg‘onadan xabar berishicha, odamlar mashinaga metan gaz quydirish uchun soatlab navbat kutishga majbur bo‘lishmoqda. Navbatlar kilometrlargacha cho‘zilmoqda. 

«Yo‘l bo‘ylarida 2-3 soatlik navbatlar hosil bo‘lyapti. Mutasaddilar bu yil gaz muammo bo‘lmaydi deya va’da bergan edilar. Qani o‘sha va’dalar?»- deya yozadi o‘quvchilarimizdan biri. 

Suratlarda Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi «zapravka»lardagi navbat tasvirlangan. 

Shuningdek, 24-25-noyabr kunlari Toshkent-Samarqand-Termiz yo‘lidagi metan gaz shohobchalarida katta navbatlar vujudga kelgandi. Muammoga sabab sifatida havo haroratining keskin sovushi tufayli gaz bosimining tushishi ko‘rsatilmoqda. 

Yuqoridagi holatlar yuzasidan «O‘ztransgaz»dan izoh va yechim kutib qolamiz. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring