May oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi
Mana bahor oylarining so‘nggisi—may boshlandi. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberidev bu oyda o‘zbekistonliklar qancha dam olishi xususida yozdi.
«May oyida dam olish kunlari bo‘yicha hech qanday o‘ziga xoslik yo‘q.
Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar odatdagidek shanba-yakshanba kunlari, 6 kunliklar yakshanba kuni dam olishadi.
Faqat 9-may (payshanba) kuni butun O‘zbekiston uchun ishlanmaydigan bayram kuni bo‘ladi.
9-may arafasida 8 yoki 10-may ko‘chirilmaydi. Odatdagidek, ish kuni bo‘ladi.
Demak, may oyida:
5 kunlik ish haftasidagi xodimlar jami 9 kun (4-5, 9, 11-12, 18-19, 25-26 may);
6 kunlik ish haftasidagi xodimlar jami 5 kun (5, 9, 12, 19, 26 may) dam olishadi» deya qayd etgan huquqshunos.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter