Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

May oyida bizni qanday ob-havo kutyapti? Sinoptiklar ma’lumoti

May oyida bizni qanday ob-havo kutyapti? Sinoptiklar ma’lumoti

Foto: Xabar.uz

Respublika Gidrometeorologiya xizmati boshlangan may oyida kutilayotgan ehtimoliy ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. 

May - hali ham yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan oy deb hisoblanadi. May oyidagi oylik yog‘ingarchilik me’yori mart va aprel oylariga nisbatan taxminan uchdan bir qismga kamroqdir. May oyida yomg‘ir, ko‘pincha, qisqa muddatli tavsifga ega va deyarli har doim momaqaldiroq bilan kuzatiladi.

Ushbu yilda may quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi.

1-may kuni havo harorati 30-33 daraja atrofida bo‘ladi. So‘ngra, hafta davomida havo harorati biroz pasayadi va kunduzi 23-28 darajani tashkil etadi, o‘n kunlikning oxirida esa harorat yana ko‘tarila boshlaydi. Keyinchalik may oyining oxirigacha harorat kechalari 10-13 darajadan 17-20 darajagacha, kunduz kunlari 22-25 darajadan 32-35 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

1-maydan 10-maygacha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 4-may kuni shimoli-g‘arbiy hududlarda, 6-7 may kunlari respublikaning qolgan hududlarida asosan jadalligi biroz bo‘lgan momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin. Umuman olganda, may oyida yog‘ingarchilik me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Ammo shuni esdan chiqarmasligimiz joizki, may oyida ob-havo o‘zgaruvchandir. Ko‘pincha may oyida kuchli jala yomg‘irlar yog‘adi, bunda bir necha soat ichida oylik yog‘ingarchilik me’yorining yarmigacha yoki undan ko‘p qismi yog‘ishi kuzatiladi.

Shunday qilib, Toshkentda bir kecha-kunduz uchun maksimal yog‘ingarchilik miqdori oylik me’yor 41 mm bo‘lganda 50 mm ni tashkil etadi, Toshkent viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida may oyining ayrim kunlari bir kecha-kunduzgi yog‘ingarchilik miqdori 90-120 mm bo‘lgan juda kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi kuzatilgan edi. Ko‘pincha bunday yomg‘irlar mahalliy xarakterga ega va hatto bitta shahar ichida juda turli jadallikka egadir.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli jala yomg‘irlar yog‘ib o‘tishi ayniqsa xavflidir. Ular sel kabi tabiiy hodisaning shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring