Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maxsus samolyot Polshaga uchib ketdi

Maxsus samolyot Polshaga uchib ketdi

Toshkentdan parvoz qilgan «Uzbekistan Airways» AJ maxsus samolyoti Toshkent vaqti bilan soat 12:45 da «Katovitse» aeroportiga qo‘nadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi. Ushbu samolyot bugun Polshadan birinchi guruhni O‘zbekistonga olib qaytishi kutilmoqda.

Ukrainaning «Krakovets» nazorat o‘tkazish punkti orqali fuqarolarimiz o‘tkazilishini tezlashtirish maqsadida 7 ta avtobus ijaraga olingan. Ular ko‘magida shu paytgacha Ukraina-Polsha chegarasiga 11 marta qatnov amalga oshirilgan.

Ayni paytga qadar O‘zbekistonning 560 nafardan ko‘proq fuqarosi Polsha davlat chegarasini kesib o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring