Maxsus komissiya qarori bilan Dehliga parvozlar bekor qilindi
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Hindistonda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan 2021-yil 18-iyundan boshlab «Uzbekistan Airways» AJ haftaning juma kunlari amalga oshirilayotgan Toshkent-Dehli-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni bekor qiladi.
Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
⠀
Yo‘lovchilarga bekor qilingan qatnov aviachiptasi uchun pul mablag‘larini qaytarib olish taklif etiladi.
⠀
«Uzbekistan Airways» AJ yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter