Marg‘ilondagi uydan 101 mingdan ortiq disk chiqdi
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Marg‘ilon shahar Zarafshon ko‘chasida yashovchi fuqaro F.I.ning yashash xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv natijasida ushbu xonadon O‘zbekistonga hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy yo‘llar orqali olib kirilgan tovar moddiy boyliklarini saqlash uchun omborga aylantirilgani, xususan, umumiy qiymati 531 mln. 110 ming so‘mlik 21 xil turdagi 101 250 dona «DVD-R» disklar, 5 000 dona «Panasonic DVC» videokasseta, 413 dona uyali telefon apparatlari hamda 18 000 dona disk soladigan sellofan paketlar noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi.
Kelgusida turli film va konsertlarni noqonuniy usulda ko‘paytirish imkonini beruvchi ushbu disklar hamda uyali telefon apparatlarining mamlakatga qonuniy olib kirilganini tasdiqlovchi bironta ham hujjat topilmadi.
Hozir ushbu holatlar yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter