Mansabdor shaxslarga huquqbuzarlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin
«O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 212, 214 va 265-moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamaga joylashtirildi.
Unga ko‘ra, 212-moddada nazarda tutilgan Texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning majburiy talablari va ushbu sohalardagi qonunchilik hujjatlari buzilgan hollarda mansabdor shaxslarga:
- huquqbuzarlik ogohlantirishdan so‘ng birinchi marta sodir etilganda — bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima;
- shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilganda — bazaviy hisoblash miqdorining 80 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, 214-moddada ifoda etilgan Sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalari va ushbu sohalardagi qonunchilik hujjatlari buzilgan hollarda mansabdor shaxslarga:
- huquqbuzarlik ogohlantirishdan so‘ng birinchi marta sodir etilganda — bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima;
- shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilganda — bazaviy hisoblash miqdorining 80 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima ko‘rinishidagi ta’sir choralari belgilanadi.
Ma’lumot uchun, amaldagi kodeksga ko‘ra mazkur turdagi huquqbuzarlik uchun mansabdorlarga tegishliligicha 2, 3, 5 baravardan 10 baravargacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter