Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mamlakatimiz bo‘ylab «Tezkor pochta» xizmati to‘liq ishga tushdi

Mamlakatimiz bo‘ylab «Tezkor pochta» xizmati to‘liq ishga tushdi

Foto: «UzNews.uz»

«O‘zbekiston pochtasi» AJ bugun, 15-maydan barcha shahar va tuman pochta bo‘limlarida «Tezkor pochta»  xizmatini ishga tushirdi. Kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10-aprelida 15 ta pochta ob’yektida joriy etilgan yangi «Tezkor pochta» xizmati muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan. Endi bu xizmatlar belgilangan tarif asosida yo‘lga qo‘yildi.

“Tezkor pochta” jo‘natmalari maxsus tarzda belgilanadi va jo‘natmani yetkazib berishdagi eng yuqori barcha bosqichlari ustuvor tartibda amalga oshiriladi. Kompaniya  xizmatlar sifati va ko‘rsatilgan yetkazib berish muddatlariga rioya qilinishini bildirib o‘tgan.

Mamlakatimizda yangi «Tezkor pochta» xizmati joriy qilinishi haqida saytimizda avvalroq xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring