Mahalla o‘rtasida 12 qavatli uy qurilishi vaqtincha to‘xtatildi
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi mahallada «WHITE RESIDENCE» tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli bino qurilishi aholi noroziligi sabab vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Qurilish vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan ob’yekt joyiga chiqib o‘rganilgan.
WHITE RESIDENCE» MChJ rahbariyati aholi bilan murosaga kelmagunicha qurilish ishlarini to‘xtatib turilishi belgilangan. Bu bo‘yicha qurilish kompaniyasidan kafolat xati olingan.
Ko‘p xonadonli turar-joy binosi qurilishi eskiz loyihasi uchun 2022 yil 27 iyunda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining xulosasi olingan.
Ishlab chiqilgan loyiha hujjatlariga «Qurilish loyiha ekspertiza sinov» MChJning 2020 yil 28 dekabrdagi 43−1/22-sonli yig‘ma ekspert xulosasi berilgan. Shundan so‘ng 2022 yil 25 avgustda Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ob’yekt ro‘yxatdan o‘tkazilgan va inspeksiya tomonidan tizimli nazorat o‘rnatilgan.
Mazkur mahalla vakillarining aytishicha, avvaliga 2 qavatli bo‘lishi aytilgan bino keyinchalik 12 qavatli uy ekani ma’lum bo‘lgan. Ushbu bino sabab mahalla infratuzilmasiga yoklama ortishi mumkin.
«Bir qavatli hovli uylar yaqinida 12 qavatli uy qurish estetik jihatdan ham to‘g‘ri emas», deydi mahalla vakili.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter