London qotilliklar soni bo‘yicha Nyu-Yorkdan ilk bor o‘zib ketdi

Og‘ir jinoyatlar statistikasi yuritila boshlaganidan so‘ng ilk bor London qotilliklar soni bo‘yicha Nyu-Yorkni ortda qoldirdi. Bu haqda «Independent»ga asoslanib, «Lenta.ru» nashri xabar berdi.
So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra 2018-yilning fevral oyida Buyuk Britaniya poytaxtida 15 kishi pichoqlanish natijasida vafot etgan va o‘lganlarning 9 nafari 30 yoshdan kichik bo‘lgan. Nyu-Yorkda esa bu boradagi hisob 14 ta.
Shu vaqtda Londonda 22 o‘lim zo‘rlik oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa, Nyu-Yorkda bunday qotilliklar soni 21 ta. Har ikki shaharda taxminan 8,5 million kishi yashagani holda Nyu-Yorkda og‘ir jinoyatchilik 1990-yillardan buyon 87 foiz kamaygan bo‘lsa, Londonda jinoyatchilik muntazam oshib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter