Litvada og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi
Xususiy bandlik agentligi orqali ishga ketgan bir guruh fuqarolarning Litvada qiyin ahvolda mehnat qilayotgani to‘g‘risida internet tarmog‘ida tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining bayonoti e’lon qilingan edi.
Bayonotda fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish, qaytish istagidagilarni O‘zbekistonga olib kelish choralari ko‘rilyotgani ma’lum qilingan edi.
Bugun, 11-yanvar kuni tongda qaytish istagini bildirgan fuqarolarning ikki nafari – Riga shahridan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib keldi va ular yashash joyiga kuzatib qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter