Nauseda ikkinchi va so‘nggi marotaba Litva prezidenti bo‘ldi
Litvada prezident saylovining ikkinchi turi o‘tkazildi. Mamlakat saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Litvaning amaldagi prezidenti Gitanas Nauseda g‘alaba qozondi.
Gitanas Nauseda saylovchilarning 75 foizdan ko‘proq ovozini to‘pladi. Uning raqibi — bosh vazir Ingrida Shimonitega ovoz berganlar — 22 foiz.
Nauseda ikkinchi va so‘nggi marotaba prezident bo‘lmoqda. Litva konstitutsiyasi bir kishining qatorasiga ikki martadan ortiq mamlakat rahbari bo‘lishini taqiqlaydi.
Gitanas Nauseda Litvaning hozirgi tashqi siyosiy kursini davom ettirishga va’da berib, Yevropa Ittifoqi va NATO bilan hamkorlik mamlakat uchun yanada foydali bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter