Bekor qilinayotgan litsenziyalar, Blogerlar chempionati hakamlari, ishdan bo‘shaganlar va yangi tayinlovlar, «Malika»dagi surishtiruv, o‘rtacha oylik maosh va boshqa xabarlar
Bugun, 11-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Jazoir xalqiga hamdardlik bildirdi
Eslatib o‘tamiz, bugun Jazoirda harbiy-transport samolyotining halokatga uchrashi oqibatida 257 kishi qurbon bo‘ldi.
Jamiyat
Ulug‘bek Sultonov, Mubashshir Ahmad va Shermurod Tog‘ay ishdan olindi
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Kotibiyat bo‘limi mudiri Ulug‘bek Sultonov va bo‘lim xodimi Mubashshir Ahmad lavozimidan ozod etilgan.
Blogerlar chempionatining hakamlari bilan tanishing!
Ta’kidlash joizki, chempionatga hakamlikka mutaxassislarni jalb qilishda bir qator mezonlarni hisobga olishga harakat qilindi. Eng avvalo, blogerlikning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olib, hakamlikka turli yosh va sohadagi insonlarni taklif qildik.
«Xabar.uz» surishtiruvi: «Malika» savdo markazidagi ayrim do‘konlar nega yopildi?
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida bugun, 11-aprel kuni «Malika» savdo markaziga bordi. Muxbirimiz «Premium Prime Service» MChJ direktori Asqar Azimov bilan uchrashib, ushbu masalaga oydinlik kiritdi.
Endi jismoniy shaxslar ham bemalol taksichilik qilishi mumkin
9 ta turdagi faoliyatni litsenziyalash tartibi litsenziyalash bo‘yicha funksiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan tegishli davlat organlariga topshirish yo‘li bilan soddalashtirilmoqda.
Yangi farmon bilan 40 dan ortiq litsenziyalash tartibi bekor qilinadi
Mazkur farmon litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, ulardan o‘tishning soddalashtirilgan mexanizmlarini belgilashga qaratilgan. Unda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini rasmiylashtirish yondashuvlari va tamoyillari tubdan qayta ko‘rib chiqilgan.
Litsenziya berish cho‘zilsa, tadbirkorlik faoliyatini boshlab yuborish mumkin
Ushbu farmonga oid muhim yangiliklardan yana biri bu tibbiyot va farmatsevtika faoliyati, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq.
Mukofot jamg‘armasi 60 mln. so‘mlik Blogerlar chempionatida kimlar qatnashishi mumkin?
Mushtariylar, blogerlar va mustaqil jurnalistlardan ko‘plab savollar kelib tushmoqda: kimlar qatnashishi mumkin, qanday cheklovlar bor? Bu, albatta, chempionatga bo‘lgan katta qiziqishdan dalolatdir. Keling, Blogerlar chempionatida kimlar qatnashishi mumkin, shunga oydinlik kiritsak.
Hodisa
«Minor» masjidida o‘g‘irlik qilgan shaxs sakkiz yilga qamaldi
Har ikki jabrlanuvchi ham masjid xodimlariga murojaat qilgan va xodimlar kuzatuv kamerasi tasvirlarini sinchiklab ko‘rishgan. Ularda N.Ergashevning pulni olgani muhrlanib qolgan edi.
Madaniyat
Shayx hazratlarining «Islom tarixi» kitobi sotuvga chiqmoqda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning qalamiga mansub «Islom tarixi» nomli ikkita kitob nashrdan chiqdi.
Tezkor xabar! Yozuvchilar uyushmasi rahbariyati almashdi
Bugun, 11-aprel kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi, uyushma raisi va uning o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etilib, o‘rniga yangilari tayinlandi.
Qodiriy nega qatag‘on qilingan?
NKVD jallodlari 1937-yilda turli-tuman qiynoq usullarini qo‘llash natijasida o‘zbek xalqining qanchadan-qancha ziyolilari irodasini sindira olgan. Inson zoti ko‘rmagan qiynoqlardan zada bo‘lgan ziyolilar qora tuhmatdan iborat so‘roq bayonnomalarini o‘z imzolari bilan tasdiqlashga majbur bo‘lishgan. Biroq Apresyan boshliq NKVD xodimlari Qodiriyni «jilovlash»ning uddasidan chiqisholmadi.
Toshkentda yozuvchilar uchun 120 xonadondan iborat uy qurilmoqda
Xuddi shunday uylar viloyatlarda ham barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Bunday uylar yozuvchilarga imtiyozli ipoteka kreditlari orqali taqdim etiladi.
Iqtisodiyot
Oltin-valyuta zaxiralarining yangi qiymati e’lon qilindi
Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.
Gilos xaridi bo‘yicha yangi narxlar belgilandi
O‘zbekiston gilos mevasini eksport qilish hajmi bo‘yicha jaxonda 5-o‘rinda bormoqda. Ushbu ko‘rsatkich bir qarashda yuqori ko‘rinsa-da, O‘zbekiston imkoniyati va salohiyati bo‘yicha dunyoda gilos eksporti yetakchisiga aylanish qudratiga ega.
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 1,5 mln. so‘mdan oshdi
Ta’limda 20841 ta muassasada 982,5 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 38,6 %ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 3627,1 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 30,6 %ni) tashkil etgan.
O‘rtacha oylik ish haqi qaysi sohada eng yuqori?
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 1,5 mln. so‘mdan oshgani haqida xabar bergan edik. Xo‘sh, qaysi sohada ishlovchilarning o‘rtacha oylik nominal ish haqi eng yuqori?
O‘rtacha oylik ish haqi bo‘yicha Namangan viloyati oxirgi o‘rinda
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ish haqi ko‘rsatkichlarini umumlashtirish natijasida, 2018-yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 548,3 ming so‘mni tashkil etgani haqida xabar bergan edik.
Sport
Lushchan «So‘g‘diyona»dagi faoliyatini superkambek bilan boshladi
Uchrashuvning birinchi bo‘limida Zohir Pirimov va Azizbek Turg‘unboyev mezbonlar darvozasini ishg‘ol etib, o‘yin taqdirini hal etgandek edi, go‘yo. Ammo o‘yin yakuniga 15 daqiqa qolganda barchasi o‘zgarib ketdi.
O‘zbekiston terma jamoasi Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Bu yo‘lda ikki qo‘shni mamlakat futbol uyushmalarining o‘zaro hamkorligi har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi mumkin.
Texnologiya
Sukerberg AQSh Kongressidagi chiqishida O‘zbekistonni ham tilga oldi
«Facebook» asoschisi Mark Sukerberg 10-aprel kuni AQSh Kongressi a’zolari qarshisida chiqish qildi. 44 senatorning har biriga Mark bilan suhbatlashish uchun 5 daqiqadan vaqt ajratilgan.
Toshkentda 3 gektar maydonda Innovatsiya parki barpo etiladi
Talabalar shaharchasida Innovatsiyalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi joylashtiriladi. Shu yerda Innovatsion rivojlanish vazirligi binosi ham quriladi.
Dunyo
Xitoyda avtomobil portladi. Qurbonlar bor
Voqea sodir bo‘lganidan so‘ng, huquq-tartibot xodimlari, o‘t o‘chiruvchilar va tibbiyot xodimlari qutqaruv ishlarini olib borishgan.
Xabarovskda «Mi-8» vertolyoti halokatga uchradi
«Vostok» kompaniyasiga tegishli bo‘lgan vertolyot binolar chekkasidagi tashlandiq hududga qulab tushgan. Oqibatda bortdagi olti kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Ozarbayjonda prezident saylovi boshlandi
Mamlakatning besh milliondan ortiq fuqarosi saylash huquqiga ega bo‘lib, ular uchun 5641 ta saylov uchastkasi ochilgan.
Xabarovskda favqulodda holat e’lon qilindi
Hodisani tekshirganlar halokatga «yomon ob-havo, texnik nosozlik yoki uchuvchining xatosi» sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.
Jazoirda samolyot halokatga uchradi. Yuzlab qurbonlar bor
Jazoir armiyasi askarlarini olib ketayotgan Il-76 samolyoti Bufarik shahri aeroportidan havoga ko‘tarilganidan so‘ng bir necha daqiqa o‘tib, Blida provinsiyasida yerga qulagan.
Tavsiya qilamiz
Yana Farg‘ona: mulk, hokim, MXX...
Muammo yechim topadiganday edi. Axir shikoyati yuzasidan fuqaroning uyiga viloyatning birinchi rahbari shaxsan keldi, ko‘nglini ko‘tardi, yupatdi, pirovardida va’dani quyuq qildi: «...yana yozuv-chizuv qilib yurmanglar, hammasini hal qilamiz...».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter