Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuvaytda o‘zbek oshi birinchi o‘rinni oldi

Kuvaytda o‘zbek oshi birinchi o‘rinni oldi

Foto: «Imperiya.by»

Kuvaytda «Saud Alarfaj-group» kompaniyasi tashabbusi bilan milliy taomlar festivali tashkil etildi. Unda xorijiy mamlakat diplomatlari ishtirok etdi.

Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston elchixonasi mehmonlarni mamlakatimiz haqidagi materiallar, sayyohlik yo‘nalishlari, ta’lim va sayyohlik tizimidagi islohotlar, xalq amaliy san’ati namunalari, milliy liboslar, bezak buyumlari bilan yaqindan tanishtirishdi.

Shuningdek, mehmonlar an’anaviy oshxonaga tashrif buyurib, o‘zbek milliy taomi oshning tayyorlanish jarayoniga guvoh bo‘lishdi. Osh pishgach esa festivalga tashrif buyurgan mehmonlar va ishtirokchilar o‘zbek taomini tatib ko‘rdilar.

Hay’at a’zolarining bergan baholari bo‘yicha o‘zbek oshi birinchi o‘rinni egalladi va O‘zbekiston elchixonasiga esdalik sovg‘alari hamda har qanday mamlakatdagi biznes-klassda ishtirok etish uchun 2 ta chipta topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring