Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuchli og‘riqni yengishning yangicha usuli topildi

Kuchli og‘riqni yengishning yangicha usuli topildi

Foto: «Elements.envato.com»

Og‘riq hissi odatda maxsus dorilar yordamida to‘xtatiladi. Biroq germaniyalik olimlar og‘riqni yengishning yangicha usulini aniqlashdi.

Tadqiqot ishtirokchilari og‘riq hissini yuzaga keltiruvchi elektrodlar ta’siriga duchor bo‘lishdi. O‘sha paytda ular sovuq joyda turishdi. Tajriba davomida mutaxassislar maxsus jihoz yordamida bosh miya faoliyatini kuzatib borishdi.

Sinovdan so‘ng ko‘ngillilar sovuqda elektrod og‘rig‘ini kamroq his qilishganini tan olishdi. Ma’lum bo‘lishicha, og‘riqning bir manbai boshqasining ta’sirini sezilarli darajada susaytirishi mumkin. Olimlarning fikricha, bunday usuldan analgetik yoki boshqa og‘riq qoldiruvchi dorilar taqiqlangan bemorlar foydalanishi mumkin.

Nashrning yozishicha, bosh og‘rig‘i ko‘p tarqalgan. U turli sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin. Mutaxassislar aspirin qabul qilish yoki askorbin kislotani ukol qilishni maslahat berishadi. Shu bilan birga, ular o‘z bilganicha davolanmaslik kerakligini eslatib qo‘ydilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring