Koronavirus yuqtirgan bemorlar soni 26 minglik «cho‘qqi»dan o‘tdi
2020-yil 3-avgust soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26 066 (+238) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 117 nafari Toshkent shahrida, 114 nafari Toshkent viloyatida hamda 7 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 172 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Andijon viloyatida 22 nafar, Navoiy viloyatida 14 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 9 nafar, jami 331 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 16 838 (+331) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 071 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter