Ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi oddiy mahsulotlar
Apelsin rangli sabzavot va mevalar, shuningdek, tarkibida vitaminlar, karotinoidlar, mikroelementlar, omega-3 va yog‘ kislotalari bo‘lgan boshqa oziq-ovqatlar ko‘rish uchun juda foydali ekani ma’lum qilindi.
Bu haqda rossiyalik vrach-oftalmolog Valentina Merkulova ma’lumot berdi.
«Quyidagilar ko‘zlar uchun foydalidir: baliq, go‘sht, tuxum, yong‘oq, dukkakli o‘simliklar, sitrus mevalari, ko‘katlar, apelsin rangli sabzavotlar va mevalar, zaytun, zaytun moyi va sut mahsulotlari», deydi shifokor.
Merkulova turli sabzavot va mevalar karotinoidlar, lyutein va zeaksantin manbai ekanligini ta’kidladi, ismaloq, brokkoli, petrushka, no‘xat, qovoq, pista, ayniqsa, ularga boy.
Bundan tashqari, bu moddalar tuxum sarig‘ida ham mavjud. Karotinoidlar ko‘z qobig‘ini ultrabinafsha nurlanishdan himoya qiladi, deydi shifokor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, baliq yog‘i, dengiz mahsulotlari, zig‘ir urug‘i, shuningdek, har xil turdagi o‘simlik moylari, ismaloq va dengiz o‘tlari omega-3 yog‘ kislotalariga boy. Omega-3 ko‘z faoliyatiga keskin ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter